31 iyu 14:50
Yangiliklar

Singapurda Koreya va Qatar sporti rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazildi
Unda O'zbekiston tomonidan Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati, Koreya Respublikasi tomonidan mamlakat Sport va Olimpiya qo'mitasi Prezidenti Syong Min Ryu ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida kelgusida ikki davlat Milliy Olimpiya qo'mitalari o'rtasida hamkorlik bo'yicha yo'l xaritasi ishlab chiqilishi, terma jamoalar o'rtasida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etilishi va tizimni rivojlantirishda tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, musobaqa doirasida Milliy Olimpiya qo'mitalari associaciyasi birinchi vice-prezidenti, Qatar Olimpiya qo'mitasi Prezidenti SHayx Javan bin Hamad Ol Soniy bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Suhbatda O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi ko'pqirrali aloqalarni sport sohasida yangi bosqichga olib chiqish kabi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Fikrlar