So’nggi yangiliklar

20:43"Пахтакор" - Ўзбекистон кубоги соҳиби! 0 19:06"Тожик бургути" — Нурулло Алиев UFC'даги кейинги жангини дебютантга қарши ўтказади 0 18:45Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси назорат баҳсида Буркина-Фасога ютқазди 0 18:22Эдди Хирн Шаҳрам Ғиёсовнинг Ромерога қарши жанги қачон бўлишини айтди 0 18:01Абдулрашид Садулаев: "Мен Хабиб ва унинг жамоаси билан дўстман, лекин..." 0 17:39Ричард Торрес Мозес Итаумани жангга чорлади 0 17:18Месси спортдаги энг буюк атлетлар ҳақида гапирди 0 16:57Тимофеева Ченнайдаги учрашувни охиригача етказа олмади 0 16:36"Ломаченко билан ҳам музокаралар олиб бораяпмиз". Пакьяо — Мейвезер билан реванш ҳақида гапирди 0 16:15"Тарихдаги энг ёмон PPVлардан бири". UFC 321 турнири танқид қилинди 0 15:54"Реал" айрим футболчилари Алонсо талабларидан норози 0 15:33Ўзбекистон дзюдо федерацияси томонидан Халқаро дзюдо куни кенг нишонланди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:12ИНТЕРВЬЮ. Абдумалик Ёрбўтаев — "достойный мужик" қандай бўлиши ҳақида 0 14:51Валери Камилло WTA раҳбарига айланади 0 14:30"Барселона" собиқ президенти: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси эмас" 0

18 iyu 08:04
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Sinxron suzish. Solo Free Women musobaqasida hamyurtimiz startga chiqdi

Teglar :  Sinxron suzish
SHu kunlarda Fukuoka shahri (Yaponiya)da suv sporti turlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari o'tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz sportchilari ham ishtirok etishyapti. Musobaqalarning to'rtinchi kuni hamyurtimiz Anna Vashenko sinxron suzish bo'yicha Solo Free Women bahslarida o'z mahoratini namoyish etdi.

Ushbu turnirda Olimpiya o'yinlari, jahon chempionati va kubogi hamda qator nufuzli xalqaro turnirlarda g'olib va sovrindor bo'lgan ko'plab sportchilar startga chiqishdi.

Jahon chempionatida birinchi bor qatnashayotgan Anna garchi hal qiluvchi final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritmagan bo'lsa-da, sportchimiz tomonidan namoyish etilgan mashq aksariyat muxlisu-mutaxassislarda ijobiy tasurot qoldirdi.

Endigina 18 bahorni qarshilagan Vashenkoning chiqishi hakamlar tomonidan 108.4708 ballga loyiq topildi va yakunda u 27-o'rinni band etdi. Qizg'in kechgan musobaqaning yakuniga ko'ra 1-12 o'rinlarni band etgan sportchilar hal qiluvchi final bosqichiga yo'llanma olishdi. Final 19 iyul kuni o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing