07 may 13:05
Yangiliklar
Kurash

Sirdaryoda “Hokim kubogi” uchun xotira turniri o'tkazildi
Mirzaobod tumanida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab sportning milliy kurash turi bo'yicha “Hokim kubogi” Sirdaryo viloyati ochiq turniri bo'lib o'tdi.
Viloyat hokimining qarori bilan “May – sport oyligi” deb elon qilganligi munosabati bilan tashkil etilgan ochiq turnirda viloyatning barcha tuman va shaharlari hamda qo'shni Jizzax viloyatidan jami 100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
Kelgusidagi respublika va xalqaro bellashuvlar oldidan ushbu ochiq turnir har ikki viloyat polvonlari uchun juda muhim tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
Musobaqa g'olib va sovrindorlari tashkilotchilarning kubok, diplom, medallari hamda qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar