19 may 08:22
Yangiliklar
Eshkak eshish
Slalomchilarimiz Osiyo chempionatida 6 ta medal qo'lga kiritishdi
Xitoyning Siyasi shahrida slalomda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati yakuniga etdi.
Musobaqaning so'nggi kunida O'zbekiston terma jamoasi hisobiga 1 tadan oltin va bronza medallari qo'shildi.
Oltin medalga baydarkachi Jonibek Temirgaliev kross yo'nalishida sazovor bo'ldi. Qolaversa, u klassik slalom dasturida shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi.
SHu tariqa, terma jamoamiz mazkur qita birinchiligini 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.




Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar