11 avg 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq chempion nega Xabibni MMA tarixidagi eng buyuk jangchi deb hisoblashini tushuntirdi
UFC sobiq chempioni, hozirda esa tahlilchi va sharhlovchi bo'lgan amerikalik Daniel Korme do'sti Xabib Nurmagomedovni nega MMA tarixidagi eng buyuk jangchi deb hisoblashini tushuntirdi.
"Men Jon Jons va Anderson Silvani eng buyuk jangchilar ro'yxatiga kiritmayman. Menimcha, agar sizda doping bilan bog'liq muammolar bo'lgan bo'lsa, u holda eng buyuk maqomiga davogar bo'la olmaysiz. SHuning uchun, menimcha, bu masalada faqat ikki nomzodni ko'rib chiqish mumkin — Xabib va Jorj Sen-Per.
Men Xabibni eng buyuk jangchi deb hisoblayman, chunki u mag'lubiyat nimaligini bilmay ketdi. Hamma yutqazgan, ammo Xabib biror marta ham yutqazmagan. Mag'lub bo'lmaslik — bu ajoyib natija, ayniqsa faoliyatining boshida uning zarba texnikasi yuqori darajada bo'lmaganini, g'alabalarini esa asosan kurash hisobiga qo'lga kiritganini hisobga olsak", — dedi Korme.
Havola :
Manba : Kimura
Fikrlar