23 okt 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq IBF chempioni Leme o'z muxlislari ko'z o'ngida Riosni mag'lub etdi
Kanadaning Monreal shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida sobiq IBF yo'nalishi chempioni kanadalik 27 yoshli David Leme argentinalik 33 yoshli Kristian Riosga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Uchchala hakam ham Lemening g'alabasini taminladi. Ikki hakam 99-91, yana biri 100-90 hisobida g'alabani mezbon bokschiga taqdim etdi.
Takidlash joiz, bu Leme uchun Gennadiy Golovkindan qabul qilib olgan mag'lubiyatidan keyingi ikkinchi jangi bo'ldi. SHu yilning may oyida David Glen Tapiyani nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar