06 jan 15:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni Alvaresni mag'lub etmoqchi
Professional boksning o'rta vaznda sobiq jahon chempioni David Leme o'rta va ikkinchi o'rta vazn toifalarida amaldagi jahon chempioni Saul Alvares bilan jang o'tkazish umididan voz kechgani yo'q.
“Alvaresning avvalgi jangidan keyinoq bu imkoniyatni qo'lga kiritishim kerak edi. CHunki, O'Sallivan bilan o'tkazgan jangim g'olibi Gennadiy Golovkin - Saul Alvares jangi g'olibi bilan to'qnash kelishi kutilgandi.
O'ylashimcha, raqibimni birinchi raunddayoq nokautga uchratganim Alvares va uning jamoasiga yoqmagan. Ular bunday bo'lishini kutishmagan. SHuning uchun ham o'zlariga kuchsizroq raqib topishgan. Men hamisha Alvaresga qarshi ringga ko'tarilishga va uni mag'lub etishga tayyorman”, - dedi kanadalik sobiq jahon chempioni Leme.
Havola :
Fikrlar