30 dek 18:10
Yangiliklar

Sobiq jahon chempioni: Boks tufayli nogiron bo'ldim, narkomanga aylandim
Vladimir Klichkoga ilk mag'lubiyatni taqdim etgan Byordning aytishicha, boks sabab u bugun nogiron va narkomanga aylanganini tan oldi.
“Meni rasman nogiron deb tan olishdi. SHu haqda gapiryapmanu, qalbimda og'riq xis qilyapman. Oyoqlarim yonayotgandek go'yo. Bunday paytda menga marixuana yordamga oshiqadi. Aks holda, aqldan ozib qolishim hech gap emas.
Oyog'imdagi kuchli og'riqdan xalos bo'lish uchun xatto ularni kestirib tashlamoqchi bo'lganman. Ishoning, bunday kasallik boks bilan shug'ullangan 80-90 foiz odamda bor. Boks tufayli nogiron bo'ldim, narkomanga aylandim”, - dedi Byord.
Eslatib o'tamiz, Kris Byord professional boksdagi faoliyatini 2009 yilning mart oyida yakunlagan. U ikki bor jahon chempioni bo'lgan. Vladimir Klichkoga ilk mag'lubiyatni taqdim etgan ham aynan Byord bo'ladi.
Fikrlar