29 iyu 15:12
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/78510_220.jpg)
Sobiq jahon chempioni: Haftada jangdan o'lgan uchinchi bokschi bo'lishni istamadim
Engil vazn toifasida sobiq WBO kamari sohibi Moris Xuker nega Xose Ramiresga qarshi jangning oltinchi raundida jangni to'xtatgani aytdi.
“Hammaga malum, shu haftada ikkita bokschi jangdan so'ng vafot etdi. Men ularning orasiga qo'shilishni istamadim. Haqiqatdan ham Ramiresning zarbalari oltinchi raundda qattiq chiqa boshladi. SHu sababli ham men jangni to'xtatishga qaror qildim. Bu qarorim to'g'ri bo'ldi deb o'ylayman”,-dedi Xuker.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada rossiyalik Maksim Dadashev hamda argentinalik Uga Santilyan janglaridan so'ng vafot etishgandi.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar