30 okt 18:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni ikki yillik tanaffusdan so'ng yana ringga qaytdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Semyuel Piter (36-5, 29 KO) ikki yillik tanaffusdan so'ng yana ringga qaytdi.
Nigeriyalik 36 yoshli bokschi Meksikaning Tixuan shahrida tashkil etilgan boks oqshomida o'z jangini o'tkazdi. Uning raqibi unchalik ham tanish bo'lmagan meksikalik Xuan Karlos Salas (6-10, 4 KO) edi.
Jang uzoq davom etmadi va Piter raqibi uchinchi raundda nokautga uchratdi. Nigeriyalik bokschi 2010 yilda Vladimir Klichkoga imkoniyatni boy bergandi. 2011 yili esa Robert Xeleniusdan nokautni qabul qilib olgan edi.
Havola :
Fikrlar