03 avg 16:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq WBC chempioni qamoqxonada o'z joniga qasd qildi
Yoshlar o'rtasida yarim og'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni David Kostecki 38 yoshida qamoqxonada hayotdan ko'z yumdi.
David bir necha yil davomida Polshaning eng iqtidorli bokschisi sifatida etirof etilgandi. U professional boksda 41 ta jang o'tkazib, 39 marta g'alaba qozongan.
Davidning faoliyati 2011 yildan pastga sho'ng'ishni boshlagan. Unga jinoyat sodir etgani uchun 2,5 yillik qamoq jazosi belgilangan. Sobiq chempion 2014 yilda ozodlikka chiqqandan so'ng ham yaxshi tomonga o'zgarmagan.
Buning oqibatida u yana bir bor xibsga olingan va 2021 yilga qadar jazoni o'tashi lozim edi. Bokschi qamoqxonada o'z joniga qasd qilgan.
Havola :
Fikrlar