22 apr 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq WBC va WBO kamari sohibi faoliyatini tiklamoqchi
Ikki vaznda sobiq jahon chempioni Timoti Bredli sobiq jahon chempioni Amir Xan va o'rta vazn IBF kamari sohini Errol Spens bilan jang uchun ringga qaytishga tayyor.
"Men Xan va Spens bilan jang qilish uchun ringga qaytishga tayyorman. Menga ayniqsa, Xan bilan bo'ladigan jang qiziq. Nega? Sababi, Pakyao bilan bo'lgan jangimdan avval, u noo'rin gaplar gapirib, undan qochib yurganimni aytgan edi. O'shanda uni urib yubormaganimga xursand bo'lishi kerak. Hozir men uni yanchib tashlashga tayyorman", - dedi sobiq chempion.
Eslatib o'tamiz, Bredli Menni Pakyao bilan bo'lgan uchinchi to'qnashuvdan so'ng 2016 yilda faoliyatini yakunlagan edi. Xan esa kecha amerikalik jahon chempioni Terens Kroufordga nokaut bilan yutqazib qo'ydi.
Havola :
Fikrlar