02 may 11:40
Yangiliklar
Tennis
Sobolenko Madridda finalga chiqa olmasa, ikkinchi raketka maqomini topshiradi
Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Arina Sobolenko dushanba kuni elon qilinadigan yangi WTA reytingida uchinchi o'ringa tushib qolishi mumkin.
Bu holat belaruslik tennis malikasining finalga chiqa olmagan holatida ro'y beradi. Arina Madrid WTA 1000 turnirining 1/4 finalida rossiyalik 17 yoshli iqtidor egasi Mirra Andreevani mag'lub etdi. Yana bitta g'alaba uchun dunyoning ikkinchi raketkasi maqomini saqlab qoladi.
Malumot uchun, Arina Sobolenko 2023 yilning yanvar oyidan beri WTA reytingida ikkinchi o'rinni egallab kelmoqda. Hozircha Madrid turniridagi ishtirokini yakunlab ulgurgan amerikalik Kori Goff ikkinchi raketka bo'lishga yagona davogar hisoblanadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar