25 mar 13:54
Yangiliklar
Tennis

Sobolenko Mayami WTA 1000 amaldagi chempionini mag'lub etdi
AQSHning Mayami shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sayyoramizning birinchi raketkasi Arina Sobolenko to'rtinchi davra uchrashuvida musobaqaning amaldagi chempioni, WTA reytingida 15-pog'onadan joy olgan amerikalik Daniel Kollinzni mag'lub etishni uddaladi - 6/4, 6/4.
Tennis malikalarining o'zaro uchrashuvida mutlaq ustunlik belaruslik tennischi tomonida - 7:0. Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 7 ta eys, 3 ta breyk qayd etib, qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Endi u 1/4 finalda dunyoning to'qqizinchi raketkasi, xitoylik CHjen Cinvenga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar