07 sen 23:01
Yangiliklar
Tennis
Sobolenko qatorasiga ikkinchi yil ham US Open 1/2 finaliga chiqdi
Sayyoramizning oltinchi raketkasi AQSH Ochiq chempionatining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Belaruslik tennis malikasi biroz avval yakuniga etgan 1/4 final uchrashuvida WTA reytingida 22-o'rinni egallab turgan chexiyalik Karolina Plishkovani 6/1, 7/6(4) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Sakson ikki daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 7 ta, Plishkova 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Arina hisobda olinga chiqib oldi - 3:2.
Sobolenko qatorasiga ikkinchi yil ham US Open 1/2 finalida o'ynaydigan bo'ldi. Bu uning "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi uchinchi yarim finali (bir bor "Uimbldon-2021" 1/2 finaliga ham etib kelgandi).
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar