27 okt 08:25
Yangiliklar
Futbol
Sofascore. Dubl qayd etgan SHomurodov necha bahoga loyiq ko'rildi?
Turkiya Superligasi 10-tur doirasidagi "Antalyaspor" - "Istanbul Bashakshehir" o'yini qahramonlaridan biri shubhasiz, terma jamoamiz sardori bo'ldi.
Mehmonlar safida hujumchi Eldor SHomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. Uchrashuvda istanbulliklar 4:0 hisobida zafar quchishdi.
Etiborlisi, hamyurtimi Eldor SHomurodov 22 va 88-daqiqadalarda raqib darvozasini ishg'ol qilib, dubl qayd etdi. Sofascore nashri hujumchimizning harakatlariga 8,7 baho qo'ydi

Havola :
Fikrlar