19 sen 14:30
Yangiliklar

Solis va CHarr Germaniyada navbatdagi janglarini o'tkazishdi
Oqshomning markaziy ikki jangida superog'ir vazn toifasidagi jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogarlar ringga ko'tarilishdi. Ushbu janglarda Manuel CHarr (30-4, 17 KO) va kubalik Odlaner Solis (21-3, 14 KO) o'z g'alabalarini tantana qilishdi.
CHarr mag'lubiyat alamini bilmay kelayotgan albaniyalik Sefer Sefer (21-1, 19 KO) bilan to'qnash keldi. CHarr yakunda hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra 97-92, 98-91, 96-93 hisobida g'alaba qozondi. SHu bilan birga u qitalararo WBA chempionlik kamarini ham qo'lga kiritdi.
Solis esa shveciyalik Aleksandr Todorovich (8-10-1, 7 KO) bilan jang qildi. Bu jang g'olibi ham ochkolar hisobi bo'yicha aniqlandi. Solis ortiqcha muammosiz raqibini taslim etdi.
Fikrlar