07 fev 11:30
Yangiliklar
Son Xon Min kechagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
“Men hayratdaman. Iordaniya terma jamoasi ushbu turnirda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda va ular o'z tarixlarini yozishda davom ettishmoqda. Ular g'alabaga haqli o'yin ko'rsatishdi, biroq biz oxirgacha kurashdik.
Bizning jamoa hali yosh va bu turnirdagi xatolardan to'g'ri xulosa chiqarishimiz lozim. Biz oldinga yurishimiz kerak. Iordaniyani yana bir bor tabriklayman. Ularga barcha yaxshi niyatlarni tilayman. Qiyin turnir o'tkazdik. Men afsusda emasman, chunki ushbu turnirda maksimal darajada harakat qildim. Osiyo futboli ancha o'sgan”, - dedi Son Xon Min.
Eslatib o'tamiz, Iordaniya kecha Koreya Respublikasini 2:0 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l olgandi. Uning finaldagi raqibi bugun Qatar — Eron uchrashuvidan so'ng aniq bo'ladi.
Fikrlar