20 jan 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27011_220.jpg)
Sonders chempionlik kamarini hamyurtiga qarshi jangda himoya qiladi
O'rta vazn toifasining WBO yo'nalishida jahon chempioni britaniyalik Billi Jo Sonders (26-0, 12 KO) o'zining navbatdagi himoya jangini hamyurti Martin Myurrey (36-4-1, 17 KO)dan himoya qiladigan bo'ldi.
Hamyurtlar jangi 14 aprel kuni London shahrida bo'lib o'tadi. Oqshomning yana bir qiziqarli jangi birinchi yarim o'rta vaznda vakant bo'lib turgan WBO chempionlik kamari uchun kechadi va unda britaniyalik Terri Flanagan (33-0, 13 KO) va amerikalik Moris Xukker (23-0, 16 KO) o'zaro to'qnash kelishadi.
Malumot uchun, Sonders WBO chempionlik kamarini 2015
yilning dekabrida irlandiyalik Endi Li (35-3, 24 KO)ni mag'lubiyatga uchratgach qo'lga
kiritgandi. Bu safar u titulini to'rtinchi marotaba himoya qiladi. So'nggi bor
Billi Jo o'tgan yilning 16 dekabr kuni Kanadaning Laval shahrida mahalliy
bokschi David Leme (38-4, 33 KO)dan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar