19 fev 13:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Sonders va Isufi WBO kamari uchun ringga ko'tarilishadi
O'rta vazn toifasida sobiq WBO yo'nalishi chempioni Billi Jo Sondersda yana jahon chempioni bo'lish imkoniyati yuzaga keldi.
Britaniyalik bokschi germaniyalik 29 yoshli SHefat Isufiga qarshi ikkinchi o'rta vazn toifasi WBO chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi. Asli kelib chiqishi serbiyalik bo'lgan SHefat WBO reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi.
Ushbu chempionlik jangi 13 aprel kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi. Mazkur chempionlik kamari Xilberto “Zurdo” Ramiresning yarim og'ir vazn toifasisha o'tganidan keyin vakant, yani egasiz bo'lib qolgan edi.
Havola :
Fikrlar