22 iyu 11:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Soto shov-shuvli tarzda Akostani nokautga uchratdi va WBO chempioniga aylandi
Bugun AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy janglaridan birida birinchi engil vazn (49 kg) toifasida WBO yo'nalishi chempioni Anxel Akosta (20-2, 20 KO) hamda davogar Elvin Soto (15-1, 11 KO) o'rtasida o'tkazildi. Jang kutilmagan natija bilan yakunlandi.
Jangning 12-raundida Soto chempionni texnik nokautga uchratdi va WBO yo'nalishining yangi chempioniga aylandi. Meksikalik bokschi Elvin uchinchi raundda ham raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar