03 apr 20:00
Yangiliklar

So'z muxlislarga
Saytimiz foydalanuvchilari orasida sport borasida chuqur tushunchaga ega, vaziyatni yaxshigina tahlil qila oladigan muxlislarimiz etarlicha. SHu munosabat bilan, muxlislarimizning talab va istaklarini inobatga olgan holda o'zaro fikr almashish uchun ushbu sahifani tashkil qildik.
Xabaringiz bor, kecha boks bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoamiz tarkibi elon qilindi. Bugun qita birinchiligiga boradigan tarkibimiz haqida, hamyurtlarimizning musobaqadagi imkoniyatlari, raqiblar haqida o'z fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz Tailanddagi Osiyo chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
- 52 kg: Hasanboy Do'smatov
- 56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
- 60 kg: SHukurjon Rahimov
- 64 kg: SHunqor Abdurasulov
- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov
- 75 kg: Isroil Madrimov
- 81 kg: Dilshodbek Ro'zmatov
- 91 kg: Sanjar Tursunov
+ 91 kg: Bahodir Jalolov.
Musobaqada JCH yo'llanmalarining taqdim etilishi yoki etilmasligi alohida masala. Siz izohlarda tarkib borasidagi fikrlaringizni bildirishingiz mumkin.
Fikrlar