05 sen 18:47
Yangiliklar
Futbol
"Spartak" O'runov bilan shartnomani bekor qilgani uchun qancha to'laydi?
Oston O'runov "Spartak" bilan shartnomasini bekor qilgani uchun nisbatan kamroq miqdorda tovon puli oldi.
"Garchi Ostonning yillik maoshi 600 ming evro atrofida bo'lsa-da, Moskva klubi kelishuvni bekor qilgani tufayli 150 ming evrodan sal ko'proq pul to'ladi", – deya xabar qildi rossiyalik manba.
Endilikda xavbek faoliyatini "Ural" klubida davom ettiradi. U Moskva jamoasi bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan kelishuv imzoladi.
Futbolchi "qizil-oqlar"dan tovon sifatida shartnoma bo'yicha o'ziga tegishli bo'lgan summaning to'liq qismini olmoqchi edi. Muzokaralar davomida yarim himoyachi so'ragan summa ikki barobardan ko'proqqa kamaytirildi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar