23 avg 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Spens - Bundu jangi 6 mln tomoshabin evaziga rekord o'rnatdi
Yakshanba kuni AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangi amerikalik 26 yoshli Errol Spens hamda italiyalik Leonardo Bundu o'rtasida bo'lib o'tadi. Spens jangning oltinchi raundida 41 yoshli raqibini nokautga uchratdi.
Ushbu jang NBC telekanalidanamoyish etiladigan PBC (Premier Boxing Champions) shoularida rekord darajadagi telereyting qayd etdi. Jangni teleekran qarshisida 6 million tomoshabin kuzatgan.
Takidlash joiz, Spens ushbu g'alabasidan so'ng yarim o'rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylandi. Bu chempionlik kamari esa britaniyalik 30 yoshli Kell Brukka tegishli. Bruk 10 sentyabr kuni o'rta vazn qiroli qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar