18 mar 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Spensga yutqazgan Mayki Garsiya endi Lomachenko bilan jang qilmoqchi
Kecha IBF chempioni Errol Spensga imkoniyatni boy bergan Mayki Garsiya endi engil vaznda WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko bilan jang o'tkazish istagida ekanligini malum qildi.
“O'ylashimcha, Spensga qarshi o'tkazgan jangim orqali boks ommasini menga hurmat bilan yondashishlariga majbur qila oldim. Otam va akam bu jangni imkoni boricha muddatidan avval yakunlashim kerakligini uqtirishgandi. Lekin buning iloji bo'lmadi.
Mayli, bu bahs tarixda qoldi. Hozir men engil vaznga qaytib, Vasiliy Lomachenko bilan jang o'tkazishni istardim. Ammo, hali engil vaznga qaytishim borasida yakuniy qarorga kelmadim. Biz bu masalada otam va akam bilan maslahatlashib ko'ramiz. Qaytgan taqdirimda faqat Lomachenkoga qarshi ringga chiqaman. Bu divizionda boshqa hech kim bilan jang men uchun qiziq bo'lmaydi”, - dedi Garsiya.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar