26 avg 11:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Spensning murabbiyi: "Errol Pakyaoning qovurg'asini sindirib tashlardi"
O'rta vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Errol Spens (27-0-0, 21 KO)ning ustozi Derrik Jeyms Spens Menni Pakyaoni (62-8-2, 39 KO) mag'lub etishiga ishonadi.
"Errol erta g'alaba qozongan bo'lardi. O'ylashimcha, u Pakyaoning qovurg'alarini sindirib tashlagan bo'lardi. Errol Pakyao uchun juda kuchli raqib. Menni kurashishi kerak edi, shunda kuchliroq ekanligini bildirardi. Yordenis Ugas buni qildi. U Pakyaoning ritmini buzdi. Pakyaoga ringda buyukligini ko'rsatishiga imkon bermaslik kerak. Ugas buni uddaladi. U ajoyib ko'rinardi", - dedi Jeyms.
Eslatib o'tamiz, 21 avgust kuni Spens Pakyaoga qarshi jang o'tkazishi kerak edi, lekin ko'zidan olgan jarohati tufayli ringga ko'tarilmadi.
Errolning o'rniga Yordenis Ugas ringga chiqdi. U Pakyaoni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar