20 mar 16:50
Yangiliklar
Boshqalar, Tokio-2020
Sportchilarimiz Butunjahon maxsus qishki olimpiadada!
SHu kunlarda Avstriyada Butunjahon maxsus qishki olimpiya o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Bu haqda Lola Karimova-Tillaeva xabar berdi. Ushbu yirik sport anjumanida sportning 9ta turi bo'yicha jahonning 110 davlatidan tashrif buyurgan 3000 nafar atlet ishtirok etyapti.
Mazkur musobaqada Vatanimiz sharafini O'zbekiston maxsus olimpiada terma jamoasi himoya qilmoqda.
Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari, Mehribonlik uyi va internat tarbiyalanuvchilari hamda kam taminlangan oila farzandlaridan tarkib topgan sportchilarimiz qishki sport musobaqalarining 4 turida ishtirok etmoqda: konkida yugurish, figurali uchish, qorga moslangan oyoq qobig'ida yugurish va tog' chang'i sporti.
Islom Karimov nomidagi Fond bizning terma jamoamizni homiy sifatida qo'llab quvvatlamoqda. Aziz va qadrdon sportchilarimiz, biz sizga katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar