So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

11 sen 15:55
Yangiliklar

Futbol

Srechko Katanec: "Biz o'zimizning to'liq mahoratimizni namoyish etmay turib, uch ochkoni qo'lga kiritdik. Raqib darvozaboni o'z jamoasini uchta goldan saqlab qoldi"

Teglar :  Srechko Katanec
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahsdan so'ng championat.asia jurnalisti Abdulvosit Bektemirov bilan kichik suhbat qurdi.

- Bugungi qiyin uchrashuvdagi g'alaba bilan tabriklayman. Yuz foizlik natija qayd etayotganimiz ajoyib, ammo o'yin bo'yicha savollar ko'p. Keyingi uchrashuvlarda jamoa o'yinini qanday yaxshilashingiz mumkin?

- Asosiy tarkibimizdagi besh nafar futbolchi, ayni damda o'z klublarida o'yin amaliyotisiz qolib ketyapti. Bu vaziyatni o'nglab olish uchun yana bir oy vaqtimiz bor. Abduqodir Husanovning ham safga qaytishini kutyapmiz. Keyingi FIFA kunlarida jismoniy holatimizni yanada yaxshilab olishimiz kerak. Jismoniy holatimiz yaxshilanishi ruhiy tomonlama tayyorgarlik va koncentraciyaga bog'liq. Biz o'zimizning to'liq mahoratimizni namoyish etmay turib, uch ochkoni qo'lga kiritdik. Qanday holatda bo'lishimizdan qatiy nazar, biz g'alaba qozonishga va ochkolar jamg'arib borishga majburmiz.

- Uchrashuv davomida ko'pgina futbolchilar o'z poziciyasini tez-tez almashtirib turdi va mening fikrimcha, shu sababli bugungi bahsda ko'p individual xatolar kuzatildi...

- Futbolchilar har doim ham bir zonaga javobgar bo'lavermaydi. Har doim ham bir joyga turib o'ynashning iloji yo'q. Futbolchilar maydondagi to'liq erkinlikka ega va ular maydonda o'zi istagan harakatlarni bajarishlari mumkin. Ular "robot" emas-ku. Futbolchi xohlagan qanotda o'ynashi mumkin. Biz birinchi bo'limda juda ajoyib o'yin namoyish etdik, ammo raqib darvozaboni shunchaki "dahshatli" o'ynab yubordi va o'z jamoasini uchta goldan saqlab qoldi. Yagona muammo - biz gol o'tkazib yuborganimiz. To'p nazorati bizda edi, raqib esa qarshi hujumda gol urdi. Bugungi o'yinimizdan juda xursandman.




Srechko Katanec Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechgan qiyin uchrashuvdan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing