So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

02 sen 18:02
Yangiliklar

Futbol

Srechko Katanec bo'lajak raqib KXDR terma jamoasi haqida nimalar dedi?

Teglar :  Srechko Katanec
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec yaqinda championat.asia saytiga katta eksklyuziv intervyu berdi.

Ushbu intervyu davomida bosh murabbiyga JCH-2026 uchinchi saralash bosqichidagi birinchi raqib KXDR haqida ham savol berildi.


- Bir necha kundan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi uchinchi saralash bosqichida KXDRga qarshi dastlabki uchrashuvini o'tkazadi. KXDR "sirli jamoa" desak ham bo'ladi, ular haqida malumot topish oson vazifa emas. Birinchi raqibimiz qanday o'rganildi?

- Bir nechta o'yinlarini tomosha qildim, ammo siz aytib o'tganingizdek, KXDR "sirli jamoa". Raqibimizda yig'in o'tkazish uchun etarlicha vaqt bor edi va ular birinchi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun barcha imkoniyatlarga ega, lekin biz raqibdan yaxshiroq holatda bo'lishimiz kerak. Bu biz uchun juda muhim. Yaxshi o'yin namoyish etib, g'alaba qozonishimiz lozim. Guruhdagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishimiz kerak va bu juda muhim rol o'ynaydi.

Aslida nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi. Hozirgi damda ayrim futbolchilarimiz o'z klublarida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan bir paytda, qolganlar kam o'ynamoqda va o'yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Bu muammo meni o'ylantiryapti. Katta o'zgarish qilish niyatim yo'q. So'nggi uch yilda sifatli selekciya ishlarini olib bordik.

Maqsadimiz — Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish. Bu haqda uch yildan beri gapirib kelamiz. Uch yil muqaddam O'zbekiston terma jamoasi JCH uchinchi saralash bosqichida ishtirok etmagandi. Terma jamoa tarkibidagi ko'pgina futbolchilar ushbu saralashdagi ishtirok ular uchun so'nggi imkoniyat ekanligini yaxshi bilishadi. Futbolchilar bilan ham SHimoliy Koreya jamoasini tahlil qilib chiqamiz, biroq biz qaysi jamoaga qarshi o'ynashimiz haqida ko'p ham qayg'urishimiz kerak emas. Biz o'zimiz nima qilishimiz kerakligi haqida ko'proq bosh qotirsak to'g'ri bo'ladi. Futbolchilar ham so'nggi uch yil davomida nimalarga qodir ekanliklarini bilib olishdi. Jismoniy va ruhiy tomonlama tayyor bo'lish muhim ahamiyatga ega", - dedi Srechko Katanec championat.asia saytiga. 



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing