So’nggi yangiliklar

13:04Суперлига. Бугун 20-тур якунланади 0 12:43Юнон-рум курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлди 0 12:22Гандбол. Тошкент мезбонлик қилаётган U-20 Осиё чемпионатида гуруҳдаги вазият қандай? (+жадвал) 0 12:01Ислам Махачев Хамзат Чимаев билан эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:40"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди 0 11:19Бугун Хитойда навбатдаги UFC турнири ўтказилади (тўлиқ кард) 0 10:58Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов очко олди 0 10:37Дунёнинг биринчи ракеткаси Олимпиада-2026 машъаласини ёқиши мумкин 0 10:16"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин 0 09:55Ислам Махачев Маддаленага қарши жанг режаси ва тактикасини ошкор қилди 0 09:34Умар Нурмагомедов рақамланган турнирда жанг қилади 0 09:13Ўзбекистон U-16 Бутунжаҳон Олимпиадаси вице-чемпиони! 0 08:52ЖЧ-2026`га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум! 0 08:31Менежер Биволнинг кейинги жанги санаси ҳақида гапирди 0 18:34Иман Хелиф фаолиятини якунлагани ҳақидаги хабарларни рад этди 0

20 noy 15:32
Yangiliklar

Futbol

Srechko Katanec: "Eron uzoq yillardan beri bir xil uslubda o'ynab keladi va xatolarni kechirmaydi"

JCH 2-saralash bosqichi "E" guruhi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Eron uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Srechko Katanec hamda jamoa etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov qatnashishdi. 

"Xayrli kun. Hech qanday yangilik yo'q. Ertaga juda muhim uchrashuv bizni kutib turibdi. Futbolchilar ertangi uchrashuvga tayyor", – dedi Katanec.

"Ertangi uchrashuvning ahamiyatini barcha his qilayotgan bo'lsa kerak. Juda muhim uchrashuv kutib turibdi. Biz Eron terma jamoasi bilan azaliy raqibmiz. Ertaga o'z o'yimizda Eronni mag'lub etishga harakat qilamiz", – dedi Masharipov. 



- Eron terma jamoasi so'ngi 5 ta uchrashuvda g'alaba qozondi. Termaning taxminan 15 nafar futbolchisi xorijda faoliyat yuritadi va bu ularning kuchli ekanligiga isbot. Eron terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?

- Eron terma jamoasini hurmat qilaman. Haqiqatan ham Eron terma jamoasi juda kuchli, ular Osiyoda eng kuchlilaridan biri. Futbolchilarga motivaciya berishim ham shart emas, ular barchasini tushunib turishibdi. Ertaga qarshi o'ynash har doim qiyin, lekin futbol uchrashuvi har doim 0:0 hisobidan boshlanadi. Ertangi uchrashuv futbolchilar uchun haqiqiy chaqiruv bo'ladi, biroq biz xotirjammiz, so'ngi uchrashuvlarda ko'p gollar uryapmiz. Eronga qarshi kechagidan bahsda biz aslida nimaga qodir ekanligimizni bilib olamiz.

- Turkmanistonga qarshi suniy maydonda kechgan uchrashuvdan so'ng futbolchilarda qanday muammolar kuzatildi? Suniy maydon bilan tabiiy maysada futbol o'ynash qanchalik katta farq qiladi?

- Hammasi yaxshi. Kichik muammolar bo'ldi, ammo biz ularni engib o'tdik. Tabiiy maydonda o'ynash juda katta farq qiladi. Avvalgi tajribamda suniy maydonlar bilan salbiy natijalar qayd etganman. Ertaga yaxshi maydonda futbol o'ynaymiz.



- CAFA turniri finalidagi Eronga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng terma jamoada nimalar o'zgardi?

- U o'rtoqlik uchrashuvi edi. Ertaga esa haqiqiy sinov bo'ladi.

- Turkmanistonga qarshi kechgan uchrashuvda terma jamoamiz birinchi bo'limdan so'ng mag'lub bo'layotgan edi. Tanaffusda futbolchilarga nimalar dedingizki, ular ikkinchi taymda irodali g'alabaga erishishdi? Avvalgi saralash bosqichlarida ham suniy maydonda o'ynab mag'lub bo'lganmiz va o'sha uchrashuvlarda bizga xarakater etishmagandi...

- Eronga haqida gaplashaylik, iltimos. Turkmanistonga qarshi uchrashuv ortda qoldi. Men bu yigitlar bilan ikki yildan buyon ishlamoqdaman va ularni yaxshi bilaman. Hozirgi kunda tarkibimizda yosh va tajribali futbolchilar yig'ilgan. Ikkinchi bo'limda amalga oshirgan o'zgarishlarimiz g'alabaning asosiy omili bo'ldi.

- CAFA finalidagi Eron terma jamoasi hozirgi kunga kelib qanchalik o'zgargan deb o'ylaysiz?

- Ertangi uchrashuv umuman boshqa daraja. Bu saralash bosqich uchrashuvlari va umuman boshqa Eron terma jamoasini ko'ramiz. Eron juda tajribali va kuchli. Ular uzoq yillardan beri bir xil uslubda o'ynab kelishadi va xatolarni kechirishmaydi. Hujum chizig'i qanday kuchlili ekanligini o'zingizga malum. Ertaga qaysi jamoa kuchliroq bo'lsa, o'sha jamoa 3 ochkoga ega chiqadi.



- Otabek SHukurov ertangi uchrashuvda ham so'nggi bahsdagidek yorqin o'yin namoyish etishini kutasizmi?

- Men futbolchilarimdan hamma narsa kutaman. Otabek har doim yaxshi futbolchi bo'lgan. Terma jamoada kim gol ursa ham, bu yaxshi jihat. Yarim himoyachilarga har doim hujumga qo'shilishni tavsiya etaman.  

- Otabek SHukurovni hujumga yaqinroq poziciyada o'ynatish haqida o'ylab ko'rmadingizmi?

- Ertaga Eldorni zaxirada qoldiraman (kuladi). Futbolda har narsa ro'y berishi mumkin.

- Terma jamoamiz avvalgi uchrashuvda xarakter namoyish etib, g'alabaga erishdi. Siz mashg'ulotlarda ham "Biz Eronni yuta olamiz", deb aytdingiz. Muhim uchrashuvlardan avval futbolchilarda o'ziga ishonch va bosimga dosh bera olishi juda muhim. Bizda bu avvallari juda katta muammo bo'lgan, hozirgi kunda esa ruhiyat va g'oliblik mentaliteti sezilib turibdi. Ushbu masalani qanday hal etdingiz?

- Ertaga buni bilib olamiz. Biz oddiy tayyorgarlik olib boryapmiz. Ko'p gapirishni istamayman. G'oliblik ruhi futbolchilarning klublardagi faoliyatiga ham bog'liq. Ular top-klublarda o'ynab, yaxshi natijalarga erishishsa, termaga foyda, chunki shunda ularning ruhiyati ham yaxshi holatda bo'ladi. Ertangi uchrashuv sinov bo'lishi aniq. 

To'g'risini aytsam, men yigitlarni kichik terma jamoalarga qarshi tayyorlashim og'irroq kechadi. Katta uchrashuvlarda esa futbolchilarga motivaciya berib o'tirishning hojati yo'q. Ertaga qanday natija qayd etilishidan qati nazar hech nima o'zgarmaydi. Biz asosiy maqsadimizga erishsak bo'lgani.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing