So’nggi yangiliklar

09:11Ямаль Мессини Марадона ва Пеледан яхшироқ деб ўйлайди 0 08:06Осиё ўйинлари. Ўзбекистонлик спортчилар қайд этаётган натижаларнинг барчаси битта саҳифада (LIVE) 0 22:34Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси ғолиблари Президент томонидан тақдирланди 0 20:42Ўзбекистон Осиё ўйинларида энг кўп боксчи билан ярим финалга йўл олди 0 20:14Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:45"Ғалаба қозонамиз". Сурия терма жамоаси аъзолари Ўзбекистон билан ўйиндан олдин нималар деди? 0 19:13Эртага уч нафар боксчимиз финал йўлланмаси учун жанг қилади 0 19:02Осиё ўйинларининг ўнинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:45Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида ҳам тўртта медалга эга чиқдик! 0 17:11Ўзбекистон футзал МТЖ ФИФА рейтингида пастлади 0 15:47Саидёқуб Қаҳрамонов ва Холмурод Нурматов Душанбеда жанг қилади 0 14:31Жавоҳир Синдаров FIDE Excellence Awards 2026 ғолиби бўлди 0 11:56Мария Тимофеева Портудаги WTA 125 турнири ғолибига айланди 0 10:40Президент Шавкат Мирзиёев шахматчиларни Олимпиададаги ғалаба билан табриклаб, Синдаровга чемпионлик баҳсида омад ёр бўлишини тилади 0 20:23Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0

19 sen 14:14
Yangiliklar

Futbol

Srechko Katanec ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Biroz avval O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

- Kamerun va Kosta Rikaga qarshi o'yinlardan nimalar kutyapsiz?
- Uzoq muddatdan keyin sizlarga bilan ko'rishib turganimdan xursandman. Ikkita kuchli raqib, ikkita Jahon chempionatiga chiqqan jamoalar, yuqori darajadagi jamoalar. Bu darajadagi jamoalarga qarshi o'ynamaganmiz. Men hayajonlanmayapman, ammo qiziqayaman, ularga qarshi qanday o'ynaymiz. Ularni ko'rib chiqdim, kuchli jamoalar. Superligani ham, legionerlarimizni ham kuzatdim. Biz yanada kuchayshimiz kerak.

- Bo'lajak o'yinlarda qanday natijalar qoniqtiradi?

- Bu o'rtoqlik o'yinlari. Har qanday natija bo'lishi mumkin. Har bir o'yin turlicha va qiyin bo'ladi. Raqiblar asosiy futbolchilari bilan o'ynashadi. Jahon chempionatiga oz qoldi va ular o'rtoqlik o'yinlarida barcha futbolchilarini sinovdan o'tkazib olishadi. Bu o'yinlarda o'zimizning holatimiz qandayligini tekshirib olamiz. Bu bahslar bizning futbolchilariga xabar bo'ladi. Osiyo kubogiga oz qoldi va futbolchilarimiz o'z holatlarini yaxshilab borishlari kerak. Superligani kuzatib tashvishdaman, taxminan 20ta tur o'tdi va to'purar bo'lib turgan futbolchi 30 yoshdan oshgan. Bizda muammolar bor.

Kamerun o'yinlarini kuzatdim. Iskanderov Kamerunga qarshi o'ynay olmaydi. Kamerunga qarshi o'ynash boshqa daraja. Ularning eng kichkina futbolchisi 1.80 sm bo'yga ega. Hammasi jismoniy tomonlama baquvvat futbolchilar. Balki noyabr oyidagi yig'inga Iskanderovni chaqirarmiz. Noyabr oyida yana ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. Hatto SHomurodov hozir kam o'ynayapti. Klubida zaxiraga kiritilmasa ham, terma jamoaga chaqiraveraman. Men bilan bir yildan ortiq ishlamagan futbolchilarni hozir chaqirish qanchalik to'g'ri bo'lardi?

- Masharipov jarohat olgan. Uning o'rnini Oybek Bozorov bosishi mumkin. Ammo uning ham bo'yi pastroq. Kamerunga qarshi foyda keltirishi mumkinmi?
- Ko'ramiz, siz ko'rasiz, biz ko'ramiz. Boshqa variantimiz yo'q edi. Bozorovning o'rnida o'ynashi mumkin bo'lgan futbolchi bormi?

- SHomurodov o'z klubida o'ynamasa ham terma jamoaga chaqiriladi dedingiz. O'sha paytda yaxshi o'ynab gollar urayotgan boshqa hujumchiga nisbatan xiyonat emasmi? Vaholanki siz o'z klubida zaxirada qolib ketayotgan ikki nafar darvozabonni almashtirdingiz.
- Bizda darvozabonlar murabbiyi bor. Bu savolni unga berish kerak. Darvozabon va hujumchini solishtirish kulguli emasmi? Men hazillashdingiz deb o'ylayman.

- Terma jamoada o'ynash uchun raqobat bo'lishi kerakmi?
- Yo'q.

- O'zbekiston noyabr oyida Rossiya bilan o'ynashi mumkin, degan xabarlar chiqdi. Bunga tayyormisiz? 

- Bilmayman. SHunday mish-mishlarni eshitdim. Bilishimcha, Rossiya 3 ta o'rtoqlik o'yinida qatnashish borasida kelishib bo'lgan. Hozircha noyabr oyida kimlarga qarshi o'ynashimizni bilmayman. Bu yomon, ammo haqiqat shunday.

"Yosh futbolchilar men kutgandek o'ynamayapti. Terma jamoada bazi o'yinchilar ham oldigi o'yinini ko'rsatishmayapti. Agar ular bu narsani tushunishsa yaxshi, agar shunday o'ynashda davom etishsa, menga bu narsa yoqmaydi. 

10 nafar yangi futbolchini qo'shib olib, jamoa sifatida shakllantirish qiyin, bunga vaqt talab etiladi. Bunga vaqt kerak. Husayn ko'p gollar urishi kerak, kerak bo'lsa, pressing qilishi lozim", – dedi Katanec.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing