So’nggi yangiliklar

19:10Боксчиларимиз WBC Гран-присининг илк босқичидан қанча пул ишлаб олишди? 0 18:48Сузувчиларимиз БААдаги халқаро турнирда яна учта медалга эга чиқишди 0 18:24Matchroom Boxing 18 ёшли Жаҳон чемпиони билан шартнома имзолади 0 18:01Расман: А Сериянинг бугунги ўйинлари Рим папаси вафоти сабабли қолдирилди 0 17:39Маддалена чемпион бўлиб, камарини Махачевга қарши жангда ҳимоя қилмоқчи 0 17:17WrestleMania 41 шоусининг илк кунги натижалари билан танишинг 0 16:52"UFC 317 учун Лас-Вегасда миллионлар жалб қилинган, турнирда Жонс ёки Махачев жанг қилиши керак" - журналист 0 16:25​Ўзбекистонлик ҳакамлар Элит ОЧЛ финал босқичида ишлайди 0 16:02Порье: "Фаолиятимни соғлом бўлиб якунламоқчиман" 0 15:39Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган Ўзбекистон хоккей терма жамоаси Тошкентга қайтиб келди (ВИДЕО) 0 15:18Кайо Борральо: "Хамзат жангга рози бўлди" 0 14:55Ўзбекистонни чeмпион қилган Исломбек Исмоилов финалдан сўнг нималар деди? 0 14:32ATP рейтинги. Султоновдан ташқари қолган ҳамма кўтарилди, Топ-10`да ўзгаришлар 0 14:10Осиё чемпионати. Кечаги кунни 4 та ғалаба ва 1 та мағлубият билан якунладик 0 13:48Кайо Борральо Хамзат Чимаевга қарши вақтинча чемпионлик учун жанг қилишга тайёр 0

12 jan 16:18
Yangiliklar

Futbol

Srechko Katanec: "Suriyaga qarshi o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va milliy jamoamiz futbolchisi Jaloliddin Masharipov Osiyo kubogi birinchi turidan o'rin olgan Suriya terma jamoasiga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Janob Srechko, Suriyaga qarshi o'yindan nimalar kutyapsiz?

- Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimiznimizni ko'rsatishni maqsad qilganmiz. Hammasi oddiy, ertaga uchrashuvda g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz.

- Jaloliddin Masharipov, o'yin va musobaqa haqida nimalar deya olasiz?

- Men Osiyo kubogida ikkinchi marta qatnashyapman. Bundan juda baxtliman. Bu turnirdan ko'p narsa kutyapmiz. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun Qatarga juda ko'p muxlislarimiz kelgan. Bu narsa albatta futbolchilarni xursand qiladi.

- O'zbekiston termasidagi faoliyatingiz davomida eng asosiy o'yinchilaringizdan biri bo'lgan Eldor SHomurodov jarohat oldi va Osiyo kubogida qatnashmaydi. Bu vaziyatda sizda boshqa zaxira rejasi bormi?

- Biz uning yo'qligidan biroz afsusdamiz, Eldor biz uchun qanday muhim o'yinchi ekanini barcha biladi. Istalgan jamoa SHomurodov, Masharipov kabi o'yinchilar o'z tarkibida bo'lishini istaydi. Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz, hammasi joyida.

Jalollidin, bu sizning ikkinchi Osiyo kubogingiz. O'tgan safar jamoa tarkibida NesterovAhmedov kabi juda ko'p tajribali o'yinchilar bor edi. Bu safargi tarkib ancha yosh. Oldingi terma jamoa bilan hozirgisi o'rtasida qanday farqlar bor?

- Bir necha kun avval ham shu masalani o'ylagandim. Avvalgi tarkibdan faqatgina men va Otabek SHukurov hozir ham o'ynamoqdamiz. Eldor jarohat olib qoldi. Menimcha, hozirda bizda ko'proq intizom, o'yin uslubimiz va ishonch bor. Avvalgi tarkibda nom taraflama, talanti taraflama kuchli bo'lgan bo'lishi mumkin, biroq hozirda biz ancha taktik va jamoaviy jihatdan kuchliroqmiz. SHu taraflama biz hozirda kuchliroq bo'lsak kerak deb o'ylayman.

- Janob Katanec, birinchi raqibingiz bo'lgan Suriya terma jamoasiga qanday baho bera olasiz?

- Oldin bir necha marta Suriyaga qarshi o'yinlar o'tkazganman. Ular juda kuchli va keskin jamoa, jangovarlik juda yuqori. Hozir ular haqida barcha narsani bilamiz, ular ham biz haqimizda hamma narsani bilishadi. Bu safar raqib tarkibida yangi futbolchilar bor. Bir nechta kuchli legionerlar ham bor. Bu albatta ularning kuchli tarafi. Suriyaga qarshi o'yin juda qiyin bo'ladi. Umid qilamanki, biz yaxshiroq harakat qilamiz.

- Suriya terma jamoasi bila o'yindan nimalar kutyapsiz?

- Men ancha yildan beri futboldaman. Har safar yangi narsa o'rganman. Oldin zo'r harakat qilgan futbolchi, bu safar yomon o'ynashi mumkin. Futbol shunisi bilan qiziq. Hammasi vaziyatga, referilarga va holatga bog'liq. Umuman har bir detal muhim. Oldindan hech narsani bila olmaymiz. Bizning ishimiz o'z o'yinimizni ko'rsatish va tartibni saqlash.

- Jaloliddin, bu sizning ikkinchi Osiyo kubogingiz ekanini aytdingiz. O'z tajribangizdan kelib chiqib, jamoadagi yosh futbolchilarga nimalarni o'rgatishingiz mumkin?

- Birinchi safar ham yomon o'ynamaganmiz. Avstraliyaga qarshi ham yaxshi harakat qilgandik. Penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygandik. Bizning jamoa hozirda juda kuchli. Juda yaxshi jamoa shakllangan. Buni JCH saralashidagi Eronga qarshi o'yinda ham ko'rsatib qo'ydik. Hozir muxlislarimizda ham, bizda ham ishonch yuqori. Biz ularni xursand qilish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Menimcha, to'rttalikka kirsak kerak.

- Janob Katanec, BAAda juda yaxshi o'yin ko'rsatayotgan Aziz G'aniev nega terma jamoaga chaqirilmadi? SHunchaki, bu boradagi poziciyangiz qiziq...

- U hozir jamoa tarkibida emas. Terma jamoada yo'q futbolchi haqida gapirish qanchalik to'g'ri, bilmayman. Bu mening qarorim va buni muhokama qilishni istamayman. 

- Jaloliddin, O'zbekiston terma jamoasida har doim yaxshi jamoa bo'lgan, ammo har safar nimadir etmagan. To'rttalikka kirishimiz kerakligi haqida gapirdingiz, bu narsaga futbolchilar qanchalik ishonmoqdalar? Qanday faktorlarga asoslanib bunga ishonmoqdasiz?

- Oldin terma jamoada bir yoki ikkita lider bo'lardi. O'shanda ularning o'yini o'xshamasa, jamoa yutqazib qo'yardi. Hozir esa bizda kimningdir, xatto mening o'yinim o'xshamasa ham jamoa buni bildirmaydi. Hozir esa bizda kimningdir, xatto mening o'yinim o'xshamasa ham jamoa buni bildirmaydi. Etibor bersangiz, hozir bizda zaxiridan tushgan o'yinchilar doim yaxshiroq ko'rinmoqda. Bu jamoa zaxirasining ancha kuchli ekanidan dalolat. Hozirda terma jamoada bir xil kuchga ega ikkita tarkib shakllangan. Milliy jamoamizdagi yoshlar ham juda yaxshi darajaga chiqishdi.

- Jaloliddin, siz juda tajribali futbolchisiz. Tarkibdagi aksar futbolchilar uchun bu birinchi Osiyo kubogi. O'z tajribangizni qay tarzda boshqa o'yinchilarga etkazasiz?

- To'g'ri, ko'p futbolchilar uchun Osiyo kubogi birinchisi. Termadagi futbolchilarimizning juda ko'pi katta o'yinlarda maydonga tushishgan. OCHL, yoshlar o'rtasidagi Osiyo kubogi, Jahon chempionati va hakazo. O'ylaymanki, Osiyo kubogida yosh o'yinchilarga bu turnir qiyin bo'lmaydi. Kimgadir qiyin bo'lsa, biz o'z qo'limizdan kelgan barcha yordamni berib kelyapmiz.

Malumot uchun, Osiyo kubogi guruh bosqichi ilk turidan o'rin olgan O'zbekiston - Suriya uchrashuvi 13 yanvar kuni soat 22:30da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing