28 jan 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Stanionis: "Bu jang men uchun imkoniyat"
Yarim o'rta WBA chempioni Eymantas Stanionis (15-0, 9 KO) shu vazndagi IBF yo'nalishi chempioni Jeyron Ennisga (33-0, 29 KO) qarshi bo'lajak jangi haqida gapirdi.
"Bu jang men butun hayotimni tasavvur qilgan lahzadir. Har bir qurbonlik, har bir tomchi ter — barchasi enli shu jang uchun. Ennis ajoyib bokschi, lekin men uni mag'lub etishga tayyorman. 12 aprel kuni men nimadan yaratilganimni dunyoga ko'rsataman. Ushbu birlashish jangi men yarim o'rta vazn toifasi qiroli ekanligimni isbotlash uchun imkoniyat va men bu imkoniyatni qo'ldan boy bermayman. Bu lahza meniki", dedi Stanionis.
Jang 12 aprel kuni Atlantik-Siti shahrida bo'lib o'tadi.
Malumot o'rnida, o'zbekistonlik SHahram G'iyosov mazkur jang g'olibiga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar