15 may 13:41
Yangiliklar
Tennis
Stefanos Cicipas Rim "Masters" 1/4 finalida
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Stefanos Cicipas Rim "Masters" turnirining chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Greciyalik tennischi to'rtinchi davrada ATP reytingida 11-o'rinni egallab turgan avstraliyalik Aleks De Minaurga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/1, 6/2. Cicipas tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida mutlaq ustun - 13:2.
Oltmish bir daqiqalik bahs statistikasi:
Stefanos Cicipas - eys yo'q, qo'shxato yo'q, 5 ta breyk
Aleks De Minaur - eys yo'q, 1 ta qo'shxato, 1 ta breyk
Endi Stefanos Internazionali BNL d'Italia turnirining 1/4 finalida chililik Nikolas Xarriga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar