01 apr 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Sterling Petr Yanga qarshi jangni principial emas deb hisoblaydi: "Men uchun bu qiziq emas"
Eng engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni amerikalik Aljameyn Sterling Petr Yan bilan revansh jangini faoliyatidagi eng asosiy va muhim janglardan biri deb hisoblamasligini aytdi.
"Odamlar natija va karera haqida gapirishadi. Lekin, men uchun bu qiziq emas. Oxir-oqibat odamlar mening faoliyatimni muhim deb hisoblaydimi yoki yo'qmi? Keling, g'alabalarim va nokautlarimni eslaylik. Boshqa raqiblarga qanday chidaganimni eslaylik. SHunchaki o'z ustimda ishlashim va buni hammaga ko'rsatishim kerak", — dedi Sterling o'zining Youtube kanalida.
Hozirda Yan va Sterling 9 aprel kuni UFC 273 turnirida bo'lib o'tadigan revansh jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, Yang UFC 259 turnirida bo'lib o'tgan Sterling bilan jangda UFC chempionlik kamaridan mahrum bo'lgandi. O'sha jangda Petr raqibining boshiga tizzasi bilan taqiqlangan zarba bergandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar