30 mar 16:16
Yangiliklar

Sterlingda umuman imkoniyat yo'q
Taniqli aralash yakkakurashchi Vyacheslav Vasilevskiy Petr Yan va Aljameyn Sterling o'rtasidagi jang natijalari haqida taxmin qildi. 10 aprel kuni UFC 273 turniri doirasida rossiyalik va amerikalik jangchilar to'qnash keladi.
«Agar jangga psixologik nuqtai nazardan to'g'ri yondashsa, Yan Sterlingni albatta mag'lub etishiga ishonaman. Agar Petrning kayfiyati, psixologiyasi bilan bog'liq muammolar bo'lmasa, u raqib bilan xotirjam munosabatda bo'ladi. Yan uchun bu juda principial qarama-qarshilik. U Sterlingga qarshi birinchi jangda ham to'liq g'alaba qozondi, ammo yakunda qo'l ko'tarilgan u emas edi. Rostini aytsam, Aljameynda umuman imkoniyat yo'q, deb o'ylayman. Petr muddatidan oldin g'alaba qozonishi shart emas, aksincha, jang oxirigacha davom etadi, ammo Yan aniq g'olib bo'ladi», - dedi Vasilevskiy.
Fikrlar