14 avg 10:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Stipe Miochich: Yaratgan, o'zing Kormeni asra!
Og'ir vaznda UFC chempioni Stipe Miochich ertaga o'tkaziladigan himoya jangi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Miochich trilogiya nomini olgan jangda sobiq jahon chempioni Daniel Kormega qarshi oktagonga ko'tariladi.
"UFC 136 turniridagi debyutimdan to shu kungacha o'tkazilgan barcha janglarimda ketish haqida o'ylaganman, — deya so'z boshladi Stipe. — Menga hozir qilayotgan ishim yoqadi. SHu ishimdan rohat olmay qolgan kunim oktagondan ketaman. Hozircha ko'nglim to'q va hammasi joyida. Ko'ramiz, bu jarayon qanchalik uzoq davom etar ekan. Yaratgan, o'zing Daniel Kormeni asra! Lekin men 40 yoshimda ham jang qilish niyatim yo'q".
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar