22 apr 09:33
Yangiliklar
Tennis
Stivens Open Capfinances Rouen Metropole chempioni + FOTOGALEREYA
Franciyaning Ruan shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri yakunlandi.
Musobaqa bosh sovrini amerikalik Sloan Stivensga nasib etdi. Dunyoning 39-raketkasi bo'lib kelgan Stivens bosh sovrin uchun kechgan uchrashuvda WTA reytingida 60-pog'onadan joy olgan polshalik Magda Linettni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 2/6, 6/2.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida mutlaq ustunlik Sloan tomonida - 4:0 Ikki soatu 10 daqiqasilik bahsda ikkala tennischi ham 2 tadan eys zarbasini ijro etgan. Open Capfinances Rouen Metropole turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Stivensga 250 reyting ochkosi hamda 30,650 evro mukofot puli keltirdi. Bu amerikalik 31 yoshli tennischining faoliyatidagi sakkizinchi sovrin bo'ldi.
Havola :
Fikrlar