11 jan 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Stivenson Alvares - Bute jangi g'olibi bilan to'qnash keladi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Adonis Stivensonning keyingi raqiblaridan birining nomi malum bo'ldi.
Stivenson 2017 yili qaysi bokschilar bilan jang o'tkazishi mumkinligini hisob-kitob qilyapti. Avvalroq u Jo Smit bilan jang qilish istagi borligini oshkor etgandi.
Lekin kanadalik bokschi yakunda Luchian Bute (32-3-1, 25 KO) va Eleyden Alvares (21-0, 10 KO) o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi chempionlik kamarini himoya qilishini aytdi.
Malumot uchun, Bute va Alvares o'rtasidagi jang 24 fevral kuni bo'lib o'tadi. Stivenson mazkur jangni bevosita arenadan kuzatib boradi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar