03 jan 18:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Stivensonning dugonasi bokschining komadan keyingi holati haqida gapirdi
Kanadalik sobiq jahon chempioni Adonis Stivensonning rafiqasi Simona God bokschining komadan keyingi holati haqida malumot berdi.
Stivenson 1 dekabr kuni ukrainalik Aleksandr Gvozdikka qarshi kechgan chempionlik jangida nokautga uchragan edi. Jangdan so'ng kasalxonaga olib ketilgan Adonis koma holatiga tushib qolgandi. Uch hafta komada yotgan Stivenson o'tgan hafta nihoyat o'ziga kelgandi.
“U men bilan gaplasha oladi. Eng muhimi, meni taniyapti. Aynan shu narsaning amalga oshmay qolishidan qo'rqqandim. Qo'li bilan harakat qilishni boshladi. Hammasi ijobiy tomonga o'zgaryapti”, - dedi God Le Journal de Montreal jurnaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar