14 apr 08:34
Yangiliklar
Stivson UFC bilan shartnoma imzolashi haqida: "Bu er yuzidagi eng buyuk debyut bo'ladi"
"O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Bu kurrai zaminimizdagi eng buyuk debyut bo'ladi va men bunga tayyorman. Badanimda kapalaklar uchib, etim jimirlayapti, lekin bularning barchasi o'yinning bir qismi - men UFC’dagi bu katta qadamga tayyorman va qilishim kerak bo'lgan ishni amalga oshiraman", - dedi 25 yoshli amerikalik Paramount nashriga bergan intervyusida.
Stivson, shuningdek, asosiy tadbirda Konor Makgregor oktagonga qaytishi haqidagi malumotni bilvosita tasdiqladi.
"O'ylaymanki, Xalqaro janglar haftaligi juda qiziqarli bo'ladi. Ehtimol, qaytishi muqarrar va aqldan ozdiradigan xedlayner bo'ladi - va siz uni bilasiz!", - deya qo'shimcha qildi og'ir vaznli sportchi.
Hozircha Stivsonning UFC 329 turniridagi debyut jangdagi raqibi kim bo'lishi nomalum, Makgregorning turnirda ishtirok etishi ham hali rasman tasdiqlanmagan.

Fikrlar