So’nggi yangiliklar

15:30Умар Нурмагомедов: "Хабибнинг укаси бўлиб туғилганим менинг айбим эмас" 0 15:26“Лугано” ихтиёрига етиб борган Беҳруз Каримов фотосессияда иштирок этди + ФОТО 0 15:06Формула-1. Ландо Норрис — Нидерландия Гран-приси ғолиби! 0 14:38"Барселона"нинг асосий футболчиси мавсумнинг биринчи расмий ўйинида жароҳат олди 0 14:15"Фақат у мени ожиз ҳис қилдирган" — UFC афсонаси Хабибга қарши жанг ҳақида 0 13:42Дана Уайт: "Йен Гэррида Махачев билан жанг қилиш имконияти бошқа ҳеч қачон бўлмайди" 0 13:14Жошуанинг менежери жангни ташкил этиш кечикаётгани учун Яқин Шарқ ташкилотчиларини айблади 0 12:47Марадона "Худонинг қўли" билан гол урган тўп аукционда дахшатли суммага сотилди 0 12:20Уч спортчимиз Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 турнирида ғолиб ва совриндор бўлди 0 11:56Мераб Двалишвили ММА тарихидаги энг буюк жангчини айтди 0 11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0

20 okt 16:25
Yangiliklar

Tennis

Suchjou CHellenjeri: Humoyun Sultonov bir kunda ikkita o'yin o'tkazib, musobaqa asosiy davrasiga yo'l oldi

Xitoyning Suchjou shahrida tennis bo'yicha CHellenjer turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqa start oldi.

Musobaqa saralashida o'zbekistonlik ikki nafar raketka ustasi — Humoyun Sultonov hamda Sergey Fomin ham chiqish qildi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo'lmish Sultonov bugunning o'zida ikkita o'yinda kortga chiqdi. U dastlab, reytingdan o'rin olmagan xitoylik CHjuruy CHjangni 2:0 (6/1, 6/2) hisobida dog'da qoldirdi. O'yin 1 soat, 9 daqiqa davom etdi. Kvalifikaciya davrasida birinchi raqamli tennischi sifatida tasniflangan Humoyun hal qiluvchi bahsda Yaponiya vakili Yuta Kikuchidan ustun keldi — 2:0 (6/2, 6/4). Malumot o'rnida, ushbu o'yin oldidan Sultonov ATP reytingida 395, Kikuchi esa 615-o'rinni egallab turgandi.

Endi Humoyun ertaga Suchjou CHellenjerining ilk bosqichi doirasida Xitoy Taypeyi sharafini himoya qiluvchi Vu Ting Lin (ATP-529) bilan to'qnash keladi. O'yin ertaga 7:00 da boshlanishi belgilangan.



SHuningdek, bugun O'zbekistonning ikkinchi raqamli tennis ustasi Sergey Fomin (ATP-465) musobaqa saralashida yaponiyalik Yukuse Takaxashiga qarshi kortga chiqdi va 1:2 (5/7, 6/3, 4/6) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Biroq dunyo reytingida 440-o'rinni band etib turgan Takaxashi musobaqadagi ishtirokini davom ettira olmasligi malum bo'lganidan keyin yo'llanma Fominga nasib etdi.

Sergey ertaga ilk davrada boshqa bir yapon raketkasi — Renta Tokuda (ATP-327) bilan to'qnash keladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing