01 iyu 16:23
Yangiliklar
Tennis
Sultonov 1/2 finalda o'zidan deyarli 200 pog'ona quyidagi raqibga yutqazdi
Serbiyaning Kurshumliya-Banya shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etyapti. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan tennischimiz final ostonasida yurishini to'xtatdi.
Dunyoning 328-raketkasi bo'lib turgan hamyurtimiz final chiptasi uchun kechgan bahsda bolgariyalik Yanaki Milevga 5/7, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Milev ATP reytingida 536-pog'onani band etgan. Birozdan so'ng Sultonov ushbu turnirning juftliklar bahsida bosh sovrin uchun kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar