So’nggi yangiliklar

12:44Жорж Сен-Пьер Ислам Махачевни мағлуб этиш йўлини айтди 0 12:23Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди 0 12:02Скала WWЕ ва UFC`дан 80 млн доллар ишлади 0 11:41Умар Кремлёв: "Қарор адолатли!" 0 11:20"Uzbekistan Judo Tour" мусобақасининг Тошкент шаҳар босқичи старт арафасида 0 10:59Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" Карим Бенземанинг "Ал Иттиҳод"и меҳмони бўлади 0 10:38Шумков Тошкентда Халоковга реванш беришга тайёр 0 10:17Карлос Алькарас Озодлик ҳайкалини татуировка қилди + ФОТО 0 09:56Алжамейн Стерлинг икки эҳтимолий рақибни айтди 0 09:35Sofascore. Энг юқори балл Файзуллаевда! Шомуродовчи? 0 09:14Нассурдин Имавов Чимаевни зарба эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:53Дрикус Дю Плесси октагонга қайтиш муддатини айтди 0 08:32Арман Царукян 10 январь куни собиқ PFL жангчисига қарши баҳс олиб боради + ПОСТЕР 0 08:11Нереснинг дубли "Наполи"га Италия Суперкубогини тақдим этди 0 07:50Шоҳжаҳон Эргашевнинг рақиби ўзгарди, у ҳинд боксчисига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0

30 iyu 12:28
Yangiliklar

Tennis

Sultonov Bryussel turniri bosh sovrini uchun kortga chiqadi

Teglar :  Humoyun Sultonov
Belgiyaning Bryussel shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi tennis turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi musobaqaning hal qiluvchi final ishtirokchisiga aylandi.  

Bryussel turnirida uchinchi raqam ostida tasniflangan Sultonov 1/2 finalda Ergi Kirkinni 6/3, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Turkiyalik tennischi turnirda birinchi raqam ostida saralangan bo'lib, dunyoning 254-raketkasi bo'lib turibdi. Bu tennischilar uchun o'zaro ikkinchi uchrashuv bo'ldi. SHu yil yanvar oyida Qatardagi turnirning finalida Kirkin Sultonovni engib (3/6, 6/1, 7/5), bosh sovrin sohibiga aylangandi. Humoyun o'sha mag'lubiyat uchun revansh oldi.

Hamyurtimizning finaldagi raqibi birozdan so'ng malum bo'ladi. Yarim finalda ikki niderlandiyadik tennischilar - Maks Xuks hamda Den Ouden o'zaro hisob-kitob qiladi. Xuks ATP reytingida 420, Ouden 336, Sultonov esa 330-pog'onadan joy olgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing