29 okt 12:24
Yangiliklar
Sultonov Markaziy Osiyo derbisida zafar quchdi
Xabar berganimizdek, unda mamlakatimizning birinchi hamda ikkinchi raketkalari Humoyun Sultonov va Sergey Fomin ham ishtirok etyapti. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Fomin 75 daqiqa davom etgan ilk davra uchrashuvida xitoylik Jeng Dongni 6/2, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Biroz avval yakuniga etgan bahsda musobaqaning ikkinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan Sultonov ham o'z g'alabasini tantana qildi. Hamyurtimiz Markaziy Osiyo derbisida qozog'istonlik Grigoriy Lomakindan ikki setda ham bir xil hisobda ustun keldi - 6/3, 6/3.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 462, Dong 1383, Sultonov 382, Lomakin esa 974-o'rinni egallab turibdi. Humoyun tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Grigoriyni mag'lubiyatga uchratdi. Fomin va Sultonovning 1/8 finaldagi raqiblari kechroq malum bo'ladi.

Fikrlar