02 may 09:29
Yangiliklar

Superjangga ikki kun qoldi: Alvares va Jeykobs Las-Vegasda!
Kecha o'rta vazn toifasida WBC va WBA yo'nalishlari chempioni meksikalik Saul “Kanelo” Alvares hamda ushbu vaznda IBF kamari sohibi amerikalik Deniel Jeykobs birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkaziluvchi Las-Vegas shahriga etib borishdi.
“Kutib olish marosimida hozir bo'lgan barcha o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman. Bu men uchun yoqimli holat. Har bir jang - tarix. Jeykobs ikkinchi o'rta vazn toifasi vakili hisoblanadi. SHu jihatidan ham bu jang men uchun ahamiyatli bo'ladi. Lekin eng asosiysi men birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqaman va o'ylaymanki, o'z orzuimga erishaman”, - dedi Alvares.
“Men o'rta vazn toifasining eng kuchli bokschisi ekanimni isbotlayman. Rekordimga etibor qaratsangiz, 80 foiz janglarimni nokaut bilan yakunlaganman. Nima uchun bu natijamni 4 may kungi jangimda yaxshilamasligim kerak?”, - deya bo'lajak jang haqida fikr bildirgan Jeykobs.
Fikrlar