So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

11 jan 16:07
Yangiliklar

Futbol

Superliga-2026. Mavsumni kim qaerda boshlaydi?

So'nggi 10 kun davomida Liga mana shu savolga javob topish ustida ishladi. Buning ham yaxshi, ham noqulay tomoni bor.

Yaxshi tarafi shundaki, mamlakatdagi stadionlar bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Taqvim va qura mexanizmlarini shakllantirish tomonlama Liga, o'z sevimli klubi ishtirokidagi uchrashuvni doim ham o'z stadionida tomosha qila olmaydigan muxlis, shuningdek, har safar boshqa arenaga ko'chib yurishga majbur klub buning noqulay tomonlarini o'z tanasida his qilmoqda. 

7 ta klub futbol maydoni holatidan kelib chiqib, mavsumni o'z arenasida boshlashi mumkin: "Andijon", "Neftchi", "Qo'qon-1912", "Bunyodkor", "Dinamo", "Surxon", "Xorazm". "Bunyodkor" stadioni barcha ko'rsatkichlar bo'yicha Liga tomonidan qo'yilgan mezonlarga to'g'ri keladi. Respublikadagi qolgan barcha stadionlar esa teletranslyaciyalar yo'nalishida ish olib borib, mavjud kamera platformalarini kabellashtirish va ulanishlarni yagona Patchroom orqali markazlashtirish tizimini joriy etishi lozim. 

"Paxtakor", "Qizilqum" va "Buxoro" klublari o'z uy o'yinlarini o'tkazadigan stadionda ishlar davom etayotgan bo'lib, bunda ular mavsum startiga qadar tayyor bo'lishga kafolat bermoqda. Ulgurmagan klub yo boshqa stadion bilan shartnoma imzolashi yoki uy o'yinlarini ham raqib maydonida o'tkazishiga to'g'ri keladi. Buxoro “Superliga reglamenti”ning 4.7-bandini bajarish ustida ishlamoqda. Boisi, bu viloyatda maydon parvarishi uchun mo'ljallangan zarur texnika mavjud emas. "Qizilqum" esa "Yoshlik SM" projektorlarini talab etilgan ko'rinishga keltirish ishlarini boshlagan. O'z navbatida "Paxtakor" tamirlash ishlarini yakuniy bosqichda olib bormoqda. 

Qolgan 6 ta klub mavsumni boshqa arenada boshlaydi. Qashqadaryoning ikki klubi Qarshidagi "Markaziy" stadion tayyor bo'lishini kutadi va u Liga tomonidan qabul qilib olingach, Qarshi shahriga qaytadi. Rejaga ko'ra, "Nasaf" klubiga qarashli stadion aprel oyidan boshlab Superliga o'yinlarini qabul qilishi mumkin. "Lokomotiv" va OKMK stadionlari ham aprel oyiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Namangandagi stadion tayyor holatga may oyida etib kelishi katta ehtimol. "So'g'diyona" esa Zomindagi stadionni Superliga uchrashuvlariga moslashtirish harakatiga tushgan. Ish rejadan tashqari kechiksa, klub raqiblarini Samarqandda qabul qiladi. 

Taqvim tayyor. Stadionlar masalasida esa hamon noaniqliklar bor. Endilikda Liga qura mexanizmini ishlab chiqadi va 2026 yilgi mavsum uchun butkul boshqa uslubdan foydalanadi. Bu haqda keyinroq alohida malumot beriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing