08 fev 15:02
Yangiliklar
Superliga 3,5 mlrd evro tufayli UEFAni sudga beradi
Malumotlarga qaraganda, loyiha rahbarlari yangi turnirning starti cheklovlar va Aleksander CHeferin boshchiligidagi Evropa futbol associaciyalari ittifoqining bosimi jiddiy moliyaviy zarar etkazdi, deb hisoblashmoqda.
Jumladan, Superliganing milliardlab evro zarar ko'rishiga, "JP Morgan" bilan kelishilgan musobaqa startiga aloqador kredit borligi sabab sifatida tilga olinmoqda. 2021 yilda tomonlar 2,8%ga kelishishgandi, lekin hozir gap kamida 6,3% haqida ketmoqda.
SHuningdek, asoschilar televizon huquqlar sotuvidan tushishi kerak bo'lgan mablag' bo'yicha zararni qoplanishi so'ralgan.
Moliyaviy etirozlardan tashqari, Superliga UEFA Evropa Ittifoqi sudining - "UEFA Evropada klublar o'rtasida musobaqalar tashkil qilish bo'yicha monopoliyaga ega emasligi va yangi loyihaga bosim o'tkazishga qonuniy jihatdan haqqi yo'qligi" to'g'risidagi qarorini to'liq bajarmaganlikda ayblamoqda.
Fikrlar