17 fev 12:48
Yangiliklar
Suv polosi bo'yicha licenzion musobaqa bekor qilindi, unda O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashishi kerak edi
Inside The Games'ning xabar berishicha, buning o'rniga 2018 yilgi Osiyo o'yinlari natijalari hisoblanadigan bo'ldi. Malumot uchun, Indoneziyada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida erkaklar o'rtasida Qozog'iston, ayollar o'rtasida esa Xitoy g'olib bo'lgandi.
Avvaliga ayollar o'rtasidagi licenzion musobaqa 12-16 fevral kunlari Qozog'istonda o'tkazilishi lozim edi. Keyin musobaqa nomalum muddatga qoldirildi. FINA ushbu musobaqani qabul qila oladigan mamlakat topilmaganidan so'ng shunday qarorga keldi. Endi Qozog'iston va Xitoy avtomatik ravishda Tokio-2020 licenziyasini qo'lga kiritdi.
Qayd etish lozimki, O'zbekiston ayollar terma jamoasi uzoq muddatdan buyon ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Terma jamoamizga Serbiyadan murabbiylar ham jalb etilgandi.
Fikrlar