So’nggi yangiliklar

16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0 12:53Miami Open. Раҳимова саралашнинг финал учрашувида кортга чиқди 0 12:32Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди 0 12:11Жо Роган: "Аспиналл-Ган жангини тўхтатиш — спортдаги энг катта жиноят" 0 11:50Нодирбек Абдусатторов: "Умид қиламанки, финалда ўзбек дербиси бўлади" 0

27 fev 10:28
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suv polosi bo'yicha terma jamoalarimiz Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini boshladi

Xitoy davlatida suv polosi bo'yicha erkaklar va ayollar jamoalari o'rtasida Osiyo chempionati start oldi.

Qita chempionatida O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarining ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Turnirning ilk kuni doirasida erkaklar terma jamoamiz Xitoy Taypeyiga qarshi bahs olib bordi va 30:8 hisobida yirik g'alabaga erishdi. O'yinda Artur Vishnyakov (10), Aziz Sodiqov (2), Doniyor Salimov (2), Georgiy SHubin (4), Masud Dilmurodov (1), Samir Glazkov (2), Kirill Starigin (1), Saidislom Yusufjonov (1), Burxon Sayfiddinov (4) hamda Vangelis Divin (3) gollarga mualliflik qilishdi.

Kecha bo'lib o'tgan o'yinlarda esa erkaklar termamizga Eron va Koreya Respublikasi termalari raqiblik qilishdi. Afsuski, Eron bilan bahsda 9:33, Koreya Respublikasiga qarshi o'yinda esa 12:23 hisobida imkoniyat boy berildi.

Ayollar terma jamoamiz esa turnirni Yaponiyaga qarshi bahs bilan boshlab, 7:34 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bugun Osiyo chempionatining uchinchi kuni doirasida erkaklar terma jamoamiz Yaponiya, ayollarimiz esa Xitoy bilan o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing